So’nggi yangiliklar

11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0

07 jan 12:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Saken Bibosinov: "Uyat! Mening quvonchim tashvishga aylandi"

Teglar :  Saken Bibosinov
Qozog'istonlik bokschi Saken Bibosinov o'z "sovg'a"siga pul to'lamoqda.

"Tokio Olimpiadasi va jahon chempionatidan keyin menga Turkistondan ikki xonali kvartira berilgandi. Biroq, u ijara huquqi bilan chiqarilgan. Va bu kelishuv 2022 yil oxirida tugagan. Umuman olganda, men ijaraga olingan kvartirada yashayotganimdan xafaman, boshqa sportchilarga esa uch xonali kvartira sovg'a qilindi. Viloyat hokimi lavozimida ishlab kelgan Umirzak SHukeev o'z lavozimini tark etdi. Hozirgi hokim bilan bu masalada gaplashmadim. Viloyat sport boshqarmasi hali ham vada bermoqda. Bu holatdan murabbiyim Mirzagali Aytjanov xabardor. Lekin men bu ustozimni bu masalaga aralashtirmadim. Bu holatni yaqinda sport jamg'armasi rahbari Azamat Qarshigaevga aytdim. Xat yozib, muammoga echim topishga yordam berishlarini aytishdi. 

Agar ular hozir kelib, kvartirani bo'shatishimni so'rashsa, men hech narsa qila olmayman. Buning sababi, men kvartirani o'z nomimga rasmiylashtira olmayman. Hamma uy-joy olishdan xursand bo'ladi. Lekin mening quvonchim tashvishga aylandi. Turkiston viloyatida Olimpiada sovrindorini qo'llab-quvvatlaydigan tadbirkor yo'qligi achinarli. Albatta, umidim bor. Ammo musobaqalarda g'olib chiqqan boshqa sportchilarga kvartira berilgan bir paytda, mening ahvolim viloyat uchun uyat, deb hisoblayman", - dedi bokschi. 

Saken Bibosinov endilikda OAV va Sport jamg'armasi vakillariga tayanishini aytdi. Tokio Olimpiadasiga uch yildan ko'proq vaqt o'tganiga qaramay, uy-joy masalasi hali uzoq davom etadigandek...

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing