So’nggi yangiliklar

20:26Махачев Колби Ковингтоннинг таклифини қабул қилди: "Унинг ҳеч қандай имконияти йўқ!" 0 19:38Жон Маккарти UFC`дан четлатилиш сабабларини айтди 0 19:07Португалия президенти Роналдунинг кетиши ҳақида: "Мамлакатни бутун дунёга танитганинг учун ташаккур!" 0 18:36Тошкентда бўлиб турган Ислам Махачев Шавкат Раҳмонов ҳақида фикр билдирди 0 18:11Акбар Жўраев 2 та жаҳон рекордини янгилаб, тўрт карра Жаҳон чемпиони бўлди 0 18:05Chennai Open. Кудерметова биринчи ракеткага қарши уч сетлик учрашув ўтказди 0 17:34Сафонов, Головин ва Батраков Россия терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин қайдномасига киритилди 0 17:03Ёшларимизнинг жаҳон чемпионатига тайёргарлиги давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:32Қайтишини айтган Топурия энг эҳтимолий рақибини ҳам маълум қилди 0 16:01Емельяненко ва Махачев жаҳон самбосининг расмий элчилари бўлишди 0 15:30"Барселона" мавсумнинг дастлабки 15 та ўйинида 60 та гол урди — бу бир аср ичидаги энг яхши кўрсаткич 0 14:59Карлос Пратес UFC`даги гонорарини маълум қилди: "Жуда хурсандман!" 0 14:28Мерганларимиз Жаҳон чемпионатида тарихий бронза медалини қўлга киритди 0 13:57Дакар-2026 ёшлар Олимпиадасида бугун бир спортчимизга мухлислик қиламиз 0 13:26Ислам Махачев фаолиятини якунлаши ҳақида: "Онамга қулоқ соламан" 0

22 avg 09:49
Yangiliklar

Boks/MMA

Saken Polatovni tabriklaymiz!

Bugun Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, Osiyo boks konfederaciyasi vice-prezidenti, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Saken Djetibaevich Polatov 1975 yilda tug'ilgan. U 2002 yilda Toshkent Davlat medicina institutini tugatgan. Ammo sportga bo'lgan qiziqish tibbiyotdan ustun kelib, mazkur sohada faoliyat olib bormoqda. Bugunga kelib, yurtimizning etuk sport menejerlaridan biriga aylandi. 2019 yildan MOQ vice-prezidenti hamda O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda. 2021 yil Osiyo boks konfederaciyasi vice-prezidenti etib saylandi.

Takidlash joiz, O'zbekiston boks bo'yicha dunyoning etakchi davlatlardan biriga aylanishida ushbu mutaxassisning ham xizmatlari katta. SHu bilan birgalikda Saken Djetibaevich futbol menejmenti sohasida ham ulkan tajribaga ega. Jumladan, poytaxtning “Lokomotiv” futbol klubi boshqaruvida 3 marta mamlakat chempionligini qo'lga kiritib, yana 3 bor O'zbekiston kubogida zafar quchgan. Mazkur natijalarini inobatga olgan holda MOQ joriy mavsumda ushbu mutaxassisga Qo'mita qoshida tashkil etilgan “Olimpik” klubi boshqaruvini ishonib topshirdi.

Saken Polatov 2021 yilda yurtimizda sport taraqqiyoti, sog'lom turmush tarzi targ'iboti va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ulkan xizmatlari uchun davlatimiz rahbari tomonidan "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlangan.

Saytimiz o'quvchilari va ijodkorlari nomidan Saken Djetibaevichni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing