13 iyu 11:13
Yangiliklar
Tennis
Sakkari Nottingemda muvaffaqiyatli start oldi
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Mariya Sakkari Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida o'tkazilayotgan chim qoplamali turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Greciyalik tennis malikasi ilk davrada WTA reytingida 75-pog'onada borayotgan xitoylik Syu Vandan ustun keldi - 6/2, 7/6(6). Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1.
Bir soatu 44 daqiqa davom etgan bahsda Sakkari 5, Syu Van 8 ta eys zarbani amalga oshirgan. Endi u ikkinchi bosqichda britaniyalik Keti Suon yoki franciyalik Alize Kornega qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar