So’nggi yangiliklar

14:23Рамазон Темиров кейинги жангини қайси ойда ўтказиши мумкинлигини айтди 0 13:55«Формула-1» Баҳрайн Гран-приси мезбонлигини Малайзияга кўчирди 0 13:28Богдан Гусковнинг қиёфадоши АҚШда учта жиноят моддаси бўйича ҳибсга олинди 0 12:57Моуриньонинг асосий вазифаси маълум бўлди 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси “CAVA Beach Volleyball Championship” турнири ғолиби 0 11:54Svijany Open. Султоновнинг рейтингда ўзидан 213 поғона юқоридаги рақибга қарши баҳси бир сет давом этди 0 11:28Ўзбекистон - АҚШ тарихий матчи минимал устунлик билан якунланди. Накамура, Аронян, Каруана, Со сингари жаҳон юлдузлари бир неча бор мағлуб этилди 0 11:04Флик "Барселона" учун янги трансфер бўйича қарор қабул қилди 0 10:25Абдулазиз Холмирзаев Бокуда ўтказилаётган спорт курашлари бўйича U17 жаҳон чемпионатида дастлабки медалимизни келтирди 0 09:49Mubadala DC Open. Кудерметова дунёнинг 40-ракеткасини мағлуб этди 0 09:21Шара Буллет Нурсултон Рўзибоев ўрнига Пейж билан жанг қилишга тайёр 0 08:53Европа ассоциациялари ФИФАга бойкот эълон қилиши мумкин 0 08:18Ярим оғир вазнда ҳам UFC рейтинги янгилади: Богдан Гусков Топ-10`даги ўрнини сақлаб қолдими? 0 21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0

08 iyu 15:10
Yangiliklar

Dzyudo, Tokio-2020

Sakkiz nafar dzyudochimiz “Rio-2016” Olimpiada o'yinlariga yo'llanma oldi

Xalqaro dzyudo federaciyasining rasmiy saytida joriy yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o'tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilar ro'yxati elon qilindi.

Quvonarlisi, Olimpiada o'yinlarining yo'llanmasi uchun reyting ochkolari o'ynalgan musobaqalar yakunlariga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi sakkizta yo'llanmaga ega bo'ldi.

Unga ko'ra, erkaklar terma jamoamiz barcha ettita (-60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 kg) vaznda yo'llanmaga ega bo'lishgan bo'lsa, ayollar terma jamoamizdan Gulnoza Maniyozova (-70 kg) qitaviy kvota orqali Olimpiada o'yinlarida qatnashish xuquqiga ega bo'lgan.

Malumki, Olimpiada o'yinlarining yo'llanmasi uchun reyting ochkolari o'ynalgan musobaqalar yakunlariga ko'ra erkaklar o'rtasida har bir vazn toifasida kuchli 22talikdan, xotin-qizlar orasida esa kuchli 14talikdan o'rin olgan sportchilar “Rio-2016” o'yinlariga yo'llanma oladilar. Qoidaga ko'ra, har bir vazn toifasida bir davlatdan faqatgina bir nafar sportchi yo'llanmaga ega bo'ladi. Bundan tashqari, qitaviy kvotalar orqali ham sportchilarga Olimpiada o'yinlarining yo'llanmalari beriladi.

Erkaklar terma jamoamizning ikki nafardan sportchisi -60 kg. va -81 kg vazn toifalarida kuchli 22talikdan o'rin egallashgan. Bular Diyorbek O'rozboev (-60 kg), SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg), SHahzodbek Sobirov (-81 kg) va Yahyo Imomov (-81 kg). Ularning qay birini XXXI yozgi Olimpiada o'yinlariga yo'l olishi O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan elon qilinadi.

Qolgan vazn toifalarida Rishod Sobirov (-66 kg), Mirali SHaripov (-73 kg), SHerali Jo'raev (-90 kg), Soib Qurbonov (-100 kg) va Abdullo Tangriev (+100 kg) kuchli 22talikdan o'rin egallab, Olimpiada o'yinlarining yo'llanmasiga ega bo'ldilar.

Hamyurtlarimizdan Abdullo Tangriev 2008 yili Pekin (Xitoy)da bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida kumush medalga sazovor bo'lgan bo'lsa, Rishod Sobirov 2008 yilgi Pekin hamda 2012 yilgi London (Buyuk Britaniya)da o'tkazilgan Olimpiada o'yinlarida bronza medallari bilan taqdirlangan.

Diyorbek O'rozboev (-60 kg), SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg), SHahzodbek Sobirov (-81 kg), SHerali Jo'raev (-90 kg), Soib Qurbonov (-100 kg) va Gulnoza Maniyozova (-70 kg) shu paytga qadar Olimpiada o'yinlarida ishtirok etishmagan.

Mirali SHaripov 2008 yili Pekin shahrida bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida vazni 66 kg.gacha bo'lgan polvonlar musobaqasida 5-o'rinni egallagan. Yahyo Imomov esa London-2012 o'yinlarida (-81 kg.vaznda) 17-o'rinni band etgan.

Eslatib o'tamiz, XXXI yozgi Olimpiada o'yinlari dasturidan o'rin olgan dzyudo kurashi bo'yicha musobaqalar 6-12 avgust kunlari o'tkaziladi.


SHavkat Jalilov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing