06 iyu 07:48
Yangiliklar
Sakkiz yillik tanaffusdan so'ng Toshkent shahar karate federaciyasi qayta tuzildi
Qayd etib o'tish lozimki, o'z vaqtida mazkur federaciya o'zbek karatesining asosiy bo'g'ini hisoblanardi, ammo so'nggi sakkiz yilda tashkilot faoliyati to'xtab qolgandi.
Qayta jonlantirilgan federaciyaga Alijon Hamroev rais etib saylandi. Qahramon Dehqonov va Doniyor Qurbonboevlar rais o'rinbosari lavozimida ish olib boradilar. Husniddin Sopiev esa Toshkent shahar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.
Yig'ilishda Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan 40 nafardan ortiq murabbiy, hakam va karate fidoyilari ishtirok etdi.
Unda so'zga chiqqan O'zbekiston karate federaciyasi ijrochi direktori Otabek Qosimov mamlakat poytaxtida federaciya yo'qligining o'zi karate sportning qay ahvolga kelib qolganidan dalolat berishi, bundan buyog'iga yangi tashkil etilgan federaciya oldiga jiddiy talablar qo'yilishi, ish tizimi tubdan qayta ko'rib chiqilishi haqida gapirib o'tdi.
Fikrlar