05 iyu 13:14
Yangiliklar
Futbol
Samyuel Eto'Oning qizi otasini qamatmoqchi
“Inter” va “Barselona”ning sobiq futbolchisi Samyuel Eto'Oning qizi Erika Do Rosario Nieves otasi uchun qamoq jazosini talab qilmoqda.
“U qiziga 5 yildan ortiq vaqt mobaynida aliment to'lamasdan, adolatni mensimaslikda davom etmoqda. Erikaning moliyaviy ahvoli juda yomon, Eto'O esa hashamatda yashaydi”, — dedi Samyuel Eto'Oning qizining advokati.
Advokat, shuningdek, Eto'Oning barcha jinoiy ishlarini hisobga olsak, Kamerun futbol federaciyasi prezidenti bo'lishi normal holat emasligini malum qildi. Sobiq futbolchi Ispaniyada soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda va yana bir qiziga aliment to'lamaganlikda aybdor deb topilgan.
2022 yil fevral oyida kamerunlik to'rt yillik sud jarayonidan so'ng Erikani o'zining qizi deb tan oldi. Sud Eto'Oga oyiga 1400 evro miqdorida aliment to'lash majburiyatini yuklagandi.
Havola :
Fikrlar