18 sen 10:10
Yangiliklar
San-Diego turniri bosh sovrini CHexiyaga ketdi, chempion Top-10`ga qaytadi
Bosh sovrin dunyoning 13-raketkasi bo'lib kelgan Barbora Kreychikovaga nasib etdi. CHexiyalik tennischi final uchrashuvida WTA reytingida 93-pog'onada borgan amerikalik Sofiya Keninni 6/4, 2/6, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi.
Ikki soatu 40 daqiqa davom etgan bahsda Kreychikova 11, Kenin 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Keninda ko'proq bo'ldi - 8 ga 5. Ikkala tennischi ham 4 tadan breyk-poynt qayd etishdi. 27 yoshli Barbora bugun elon qilinadigan yangi reytingda Top-10`talika qaytadi.
Cymbiotika San Diego Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Kreychikovaga 470 reyting ochkosi hamda 120,150 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli keltirdi. Bu uning mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi ettinchi sovrin bo'ldi.
Fikrlar