04 okt 10:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Zokirov mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirgan holda xitoylik raqibidan ustun keldi
Tailandning Bangkok shahrida MMA, muay-tay, kikboks va greppling bo'yicha ONE Fight Night 36 turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqada o'zbekistonlik yosh va shu bilan birga taniqli aralash yakkakurash ustasi Sanjar Zokirov xitoylik 29 yashar Yong Xuga qarshi bahs olib bordi.
To'liq 3 raund davom etgan jangda Sanjar hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra o'z g'alabasini rasmiylashtirdi.
Malumot o'rnida, o'ta engil vazn toifasida ONE FC reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan 22 yoshli Sanjar Zokirov uchun bu prof faoliyatidagi 16-jangi edi, yurtdoshimiz janglarining barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Yong Xu hisobida esa endi 13 ta g'alabadan tashqari 7 ta mag'lubiyat bor. U reytingda beshinchi o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar