09 okt 16:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Zokirov ONE Championship Ligasining ikki chempionlik kamarini qo'lga kiritmoqchi
O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Sanjar Zokirov kelgusi rejalari haqida gapirdi.
"Tez orada barcha kamarlar bizniki bo'ladi. Ikkitasi meniki bo'lishi aniq. Ular bizdan qo'rqishadi. Hammasi bilan jang qilaveramiz, har biriga isbotlab qo'yamiz. Kutinglar. Jared, sening navbating keldi. Kamroq gapirib, bizni biroz hurmat qil. Mag'lubiyatlaring allaqachon to'rttaga etdi, endi dam olishing kerak", dedi Zokirov.
Eslatib o'tamiz, Zokirov 4 oktyabr kuni xitoylik Xu Yong bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Sanjar tilga olgan amerikalik Jared Bruks ayni damda ONE FC reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. Hamyurtimiz esa ushbu reytingda beshinchi pog'onada joylashgan.
Havola :
Manba : onefc.com
Fikrlar