So’nggi yangiliklar

16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0

22 noy 19:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Saudiyada jang qiluvchi boks yulduzlari va kecha kardi. Bizni nimalar kutmoqda?

23 dekabr kuni Saudiya Arabistonida taqvim yilini amalda yopishi kerak bo'lgan katta boks turniri bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Ular birinchi navbatda shu yilning bahorida yirik tadbirni o'tkazish haqida yoza boshlagandi, biroq bu o'xshamay qoldi. Bunga sabab taxminiy to'lovlar, ishtirokchilar tarkibi va noaniq istiqbol bo'ldi. Xususan, asosiy qatnashchilar dunyoning eng kuchli og'ir vazn toifasi bokschilari bo'lishi kerak edi. Tayson Fyuri va Aleksandr Usik u erda jang qilib, og'ir vazn toifasidagi mutlaq jahon chempionini aniqlashlari lozim edi. Oqshomning yana bir kardi Deontey Uaylder va Entoni Joshua o'rtasida o'tkazilishi mumkin bo'lgan. 

Oxir-oqibat ikkala jang ham bekor qilindi, ammo Saudiya baribir eng yaxshi jangchilar bilan to'ldirilgan yangi kardni taqdim etdi. Ishtirokchilar orasida Joshua va Uaylder ham bor, lekin ular o'zaro jang qilmaydi. 


Entoni Joshua – Otto Uallin 



Joshua jahon boksining asosiy yulduzlaridan biridir. Britaniyalik katta sportchi, u Usikdan ikki marta mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, reytingda quyi pog'onalarga tushib ketmadi. Endi esa asta-sekin yana yuqori o'rinlar uchun harakat qilmoqda. Entoni o'zining so'nggi jangida Robert Heleniusni nokautga uchratdi. Bungacha u hakamlar qarori bilan Jermeyn Franklinni mag'lub etgandi.  

Aytgancha, Joshua havaskor boksda Uollin bilan to'qnash kelgan va g'alaba qozongandi. Otto ham bundan avval Fyuri bilan ro'baro' kelgan hatto g'olib bo'lishiga bir bahya qolgandi, ammo yakunda taslim bo'lgandi. Oxirgi jangida shved rossiyalik Murat Gassievdan bo'linma qaror bilan ustun kelgan. U ushbu g'alabasi orqali ketma-ket g'alabalar seriyasini 6 taga etkazib oldi. 


Deontey Uaylder – Jozef Parker 


Uaylder hozirgi boksning eng qo'rqinchli nokautchisi sanaladi. Bir yil oldin Deontey  Xeleniusni birinchi raundda nokautga uchratgan va shundan beri Joshua yoki Ngannu bilan jang uchun harakat qilib kelayotandi. Yakunda tashkilotchilar unga Jozef Parkerni tanlab berdi. 

Aytish lozimki, Uaylderning maqsadi Entoni bilan bo'lajak jang hisoblanadi. Birinchidan, bu pul uchun kurash. Mish-mishlarga ko'ra, u ushbu duel uchun 50 ming dollar ishlab olishi mumkin. Ikkinchidan, bunday jangdagi g'alaba unga chempionlik jangi uchun yo'l ochib beradi. Hatto matbuot anjumanida ham Deontey Joshuadan bu qarama-qarshilik qachon bo'lishi haqida so'radi. Bundan tashqari, bu revansh bahsi ham bo'ladi. 


Dmitriy Bivol – Lindon Artur 


Dmitriy allaqachon yirik turnirlarni o'zi boshqara oladigan darajaga kelgan, ammo bu holatda rossiyalik uchun yil oxirigacha jang qilishi muhim edi, chunki Bivol oxirgi marta o'tgan yilning noyabr oyida Gilberto Ramiresni ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratgandi. Artur u qadar kuchli bokschi emas, biroq Dmitriyning o'zi engil vazn toifasida ayni dam Lindon eng yaxshi variant ekanligini tan oldi.  Artur professional faoliyatida faqat bir marotaba mag'lub bo'lgan. Bu hodisa Entoni Yardga qarshi bahsda sodir bo'lgan. SHundan so'ng Lindon 4 ta jangda zafar quchdi va ularning 3 tasi muddatidan oldin yakuniga etdi. 

Va bular bo'lajak turnirning barcha juftliklari emas. Yaqinda Usik bilan shov-shuvli jang o'tkazgan Daniel Dyuboa prof boksda hali mag'lub bo'lmagan Jarrel Miller bilan to'qnashsa, Jey Opetayya umidli jangchi Ellis Zorro bilan uchrashadi. Og'ir vazn toifasida IBF yo'nalishi bo'yicha rasmiy davogar hisoblangan va hali engilmagan Filip Hrgovich Mark de Moriga qarshi ringga chiqadi. SHuningdek, Fyuri va Ngannu bilan bir kardda jang qilgan rossiyalik Arslanbek Mahmudov germaniyalik Agit Kabael bilan jang qiladi.


Xorij saytlari asosida Xabib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing