09 noy 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares va Kaleb Plantning gonorarlari malum
Bizning vaqt bilan yakshanba tongida AQSHda uzoq kutilgan professional boks kechasi o'tkazilgandi.
Oqomning markaziy jangida meksikalik Saul Alvares endilikda sobiq IBF chempioni Kaleb Plantni 11-raundda nokautga uchratib, ikkinchi yarimo'rta vaznda mutlaq jahon chempioniga aylangan edi. Bokschilarning ushbu jang uchun kafolatlangan gonorarlari malum bo'ldi.
Unga ko'ra chempionlik jangining umumiy gonorar fondi 50 million dollarni tashkil etgan bo'lib, ushbu summadan 40 millioni Kaneloga, qolgan 10 millioni esa Plantga nasib etdi. Ushbu boks kechasi bilan parallel ravishda Nyu-Yorkda o'tgan UFC 268 turnirining umumiy gonorar fondi Saul qo'lga kiritgan summadan ancha kam.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar