10 fev 21:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Saul Alvaresning Billi Jo Sondersga qarshi jangi sanasi aniq bo'ldi
Superog'ir vazn toifasida WBC va WBA yo'nalishlari chempioni Saul Alvares 8 may kuni WBO chempioni Billi Jo Sondersga qarshi bahs olib boradi.
Bu haqda promouter Bob Arum malum qildi.
"Eddi Xirn va DAZN bizga "Kanelo"ning 8 may kuni Billi Jo Sondersga qarshi jang qilishi haqida xabar berishdi. SHuning uchun biz Ramires - Teylor jangini 15 yoki 22 mayga qoldiramiz ", - dedi Arum.
27 fevral kuni Mayamida "Kanelo" Avni Yildirimga qarshi ringga ko'tariladi. May oyida esa Billi Jo Sondersga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar