So’nggi yangiliklar

19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0

21 apr 20:00
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Selena Gomesga izhor, kamar va MMAga o'tish. Prof ring yulduzi Rayan Garsiya haqida

Teglar :  Rayan Garsiya
Professional boks allaqachon shouga aylanib ulgurgan.

Bugun kelib chiqishi bo'lgan meksikalik bokschi Rayan Garsiya Devin Xeynini uch marotaba nokdaun holatiga tushirgan holda, g'alabaga erishdi. 

Kun qahramonlaridan biri bo'lgan Rayan haqida ikki yil oldin tayyorlangan qiziqarli materialni yana bir bor etiboringizga havola qilamiz. 


Mashxur bo'lish uchun ringda raqibning tazirini berib qo'yishning o'zi etarli bo'lmay qoldi. Tashqi imidj, o'rinli PR, muxlislar bilan muloqot qila olish har qachongidan ham muhimroq bo'lib bormoqda. Hozirgi kunda bularning barchasini alo darajada uddalayotganlar talaygina. SHulardan biri, prof ringning yangi qiroli deya etirof etilayotgan amerikalik-meksikalik charm qo'lqop ustasi Rayan Garsiyadir. Bokschining faoliyatidan yaxshigina xabardorsiz. Hozir uning boksdan tashqaridagi hayoti haqida ko'proq to'xtalamiz! 

Bolaligi

1998 yil 8 avgust kuni Genri va Liza Garsiya oilasida boks olamining yangi yulduzi dunyoga keldi. U oilada yolg'iz farzand emas edi. Ota-onasining mehrini uchta singlisi - Liza, Sasha, Kayla hamda ukasi SHon bilan bo'lishishi kerak edi. Genri va Liza o'z farzandlarini cheksiz muhabbat va g'amxo'rlik bilan tarbiya qildilar, ularning talim-tarbiyasiga katta etibor qaratishdi. Ota-onaning mehnatlari o'z samarasini berdi: o'g'illari Rayan va SHon professional bokschi bo'lib etishdi. Garchi qizlari haqida etarlicha malumot bo'lmasada, ularning tarbiyali va qobiliyatli qizlar ekanligiga shubha yo'q. Uning ukasi SHon ham bokschi. Rayan ukasining jangi haqida shunday deydi: Uning jangi paytida asabiylashmadim. Men SHonning bor kuchi bilan kurashishini bilardim. SHon hayotida biror kun mashg'ulot o'tkazmagan. Bilasizmi, unga baribir, beparvo odam. Men undan "hammasi yaxshimi" deb so'radim, u esa “Bu jang menga ahamiyatsiz”, - deb javob berdi. Bu 4 raundlik jang edi, lekin sizni 12 raund kutib turgandek tayyorgarlik ko'rish kerak, u esa umuman tayyorlanmadi. SHon juda istedodli jangchi. Agar SHon mashg'ulot o'tkazsa, u kimnidir “tobini qochirib qo'yishi” mumkin edi. U yirtqich hayvon, biroq unga ahamiyati yo'q. U bokschi bo'lishni istamaydi, policiyachi bo'lishni xohlaydi, demak shunday bo'ladi”   


Karera

U boksni 7 yoshida boshlagan, uyidagi garajda otasining ko'rsatmasi ostida mashq qilgan. Hali yoshligidayoq  havaskor 15 karra chempioniga aylandi va rekord o'rnatdi: 215 g'alaba va 15 mag'lubiyat. Garsiya dastlabki janglarini Meksikada o'tkazgan, chunki AQSHda voyaga etmaganlarning ringga chiqishi taqiqlangan.

Rayanning professional bokschi sifatidagi faoliyati 2016 yil 9 iyunda Tixuanada Edgar Mezaga qarshi jang bilan boshlangan. Texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan. Keyingi jangda esa kubalik Jonatan Kruzni mag'lubiyatga uchratdi. 2016 yil noyabr oyida Garsiya "Golden Boy Promotions" bilan shartnoma imzoladi va Oskar De La Xoyyaning mijoziga aylandi. 17 dekabrda Xose Antonio Martinesga qarshi ringga chiqdi va ikkinchi raundda nokaut bilan g'alaba qildi.

SHu vaqtgacha 21 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alabaga erishgan - 18 ta nokaut. So'nggi jangida Lyuk Kempbellni nokaut qilib WBC kamarining vaqtinchalik egasiga aylandi. Uning navbatdagi bahsi Xavier Fortunaga qarshi 9 iyulda bo'lib o'tadi.



Rayan Garsiya 26 yoshida boksni tashlab, MMA’ga o'tmoqchi

“Agar kimdir yaxshi, siz ringdagi barchani mag'lub etyapsiz” desa, boshqalari  “Bu haqiqiy jang emas, haqiqiy jang - bu tepish, bo'g'ish va shu kabilar”, - desa…

- O'ylab ko'ring, keyin nima qilaman? Men borib, ularga dunyodagi eng yaxshi jangchi ekanligimni isbotlayman. Men eng buyuk ekanligimni isbotlash va boshqalarni mag'lub etish uchun MMA’ga boraman. Agar u Konor Makgregor bo'lishi kerak bo'lsa, men buni qilaman. Va men buni pul uchun aytayotganim yo'q. Pul men uchun muhim emas. Men faqat shuni his qilganim uchun aytyapman. Men hali ham 26 yoshimda ketishni rejalashtirmoqdaman. Ammo, agar ringga qaytsam, faqatgina Rayan ularni mag'lub eta olmaydi deganlar bilan kurashish uchun qaytaman".


Ijtimoiy tarmoq yulduzi Garsiya uchun har doim ham oson bo'lmagan, u eng yuqori cho'qqiga ko'tarilish yo'lida tashvishlarni engishga majbur bo'ldi. Bugungi kunga kelib ham, kaliforniyalikning ringdagi ulkan motivaciya manbai uning texnikasi va shaxsiyatiga ochiqchasiga shubha bildirganlarga javob beradi.


Beysboldan ketish uchun boksni tanlagan edi

Rayan Garsiyaning birinchi sport muhabbati beysbol edi va ko'pchilik uni “navbatdagi Baba Rut” sifatida ko'rganini takidlagan. Biroq, uning jamoadoshlaridan ko'ngli qolgan va tezda jamoaviy sport turlari u uchun emasligini anglagan.

“Men raqib bilan yakkama-yakka kurashishni xohlardim. Amakim menga boks degan sport turi haqida video ko'rsatdi. Men: “Yaxshi, sinab ko'raman” dedim, - deydi Garsiya Interview Magazine jurnaliga bergan intervyusida. “U meni o'z garajiga olib borib, qo'limga bir juft qo'lqop kiydirdi va men o'sha birinchi jebni qilganimda, qo'lqopning ovoziga shunchaki oshiq bo'lib qoldim. 



Mashxurlik orzusi

Garsiya har qanday manoda etiborni tortadigan bokschi bo'lib, uning Instagramida 8,7 million kuzatuvchisi bor. Muxlislarga uning ringda o'zini tutishi, jang uslubidan tashqari qanday mashinalari borligi, tashqi imidji ham juda qiziqarli. Garsiyaning tashqi ko'rinishi modellarnikiga o'xshaydi. U hatto “Tommy Hilfiger” va “Abesrombie” kabi brendlar podiumida ham yurgan.


Hamma kabi qo'rquv va shubhalarga ega bo'lgan odam

Bugungi kunda uning hamisha diqqat markazida bo'lish qobiliyatini hisobga olgan holda, Garsiyaning o'smirlik paytida tashvish va tushkunlikni engib o'tishi ajablantirishi mumkin.

“Menimcha, yoshligimda har doim haddan tashqari ko'p o'ylaydigan edim. Xavotir menga jismoniy tasir ko'rsatishi, masalan vahima qo'zg'atishi mumkinligini anglamagan edim. Menda bir oz qorong'i damlar bo'lgan. Ammo o'zimning his-tuyg'ularimni, nima haqida uzoqroq o'ylashim zarurligini bilib oldim. Ha, men o'ziga ishongan odam bo'lishim mumkin, ko'plab tomoshabinlar orasida shou namoyish qilishim mumkin. Lekin ich-ichimdan men ham boshqalar singari qo'rquv va shubhalarga ega bo'lgan insonman”, - dedi BBC Sport’ga.


Ringda kamar va g'alabaga erishishdan tashqari, Garsiya o'zining asosiy ilhom manbai bo'lgan, o'z tajribalari haqida maslahat va qo'shimcha malumot berish orqali boshqalarga depressiyani engishda yordam berishni xush ko'radi.

Sparringlar bo'yicha sheriklar, shubhasiz, dunyodagi eng kuchli jangchi Saul “Kanelo" Alvaresdan yaxshiroq emas. Meksikalik jahon chempioni ingliz tilini, Garsiya ispan tilini bilmasligiga qaramay, ularning do'stligi til to'siqlarini engib chiqishini isbotlamoqda. Ularni bir-birlarining janglarida tez-tez uchratish mumkin va ular bitta promouter bilan ham ishlashgan - Oskar De La Xoyya.

“Kanelo, haqiqiy inson, men uning ishga masuliyatini ko'rdim. Agar siz bu bilimlarni o'zlashtirmoqchi bo'lmasangiz, demak siz aqldan ozgansiz”, - deydi Rayan.


Muxlislar yoqimtoyining “sevgi qissalari”

Boy, mashxur, o'ziga ishongan, kelishgan, kuchli. Umuman olganda ideal yigit. Bunday insonlarning atrofini qizlar hamisha o'rab oladi. Garsiyada ham shunday bo'lgan. Rayan Garsiya qalbini bir necha qizlarga ochishga ulgurgan.


Qahramonimiz Selena Gomesga sevgi izhor qilgan

“U hozir yolg'iz, shuning uchun men unga taklif berdim”, - dedi yigit. Garsiya hatto, Selenaga so'z berdi:

“Men sizni himoya qilaman, tushunyapsizmi? Yomon variant emas, rozilik bildirasizmi?” O'shanda Rayan 20 yoshda edi.


Garsiya 2020 yilda Los-Anjelesdagi restoran oldida TikTok yulduzi Mala Trevexo bilan uchrashib turganida paparacilar obektivlariga tushgan. SHundan so'ng The Sun bu haqida: Amerika boksining engil vazndagi kelajagi Rayan Garsiya muhabbat ishlari janjalining markazida, deb yozgan edi. Jurnalistlar undan bu holatga izoh berishini so'rganida, bokschi jurnalistlarni uning shaxsiy hayotiga aralashmaslikka chaqirgan.

“Rayan va Malu Trexevo bir-biri bilan bog'lanib qolganiga hali ham ishonmayman, men Rayan uchun nimalardan voz kechgandim”. Muammo shundaki, o'sha paytda 7 hafta ichida Garsiyaning farzandini dunyoga keltirishi kutilayotgan qiz do'sti - Andrea Selina bor edi. Andrea Amerika ommaviy axborot vositalariga, sevgilisi o'quv-mashg'ulotlarida va 5 dekabr kuni Lyuk Kempbellga qarshi jangiga tayyorgarlik ko'ryapti deb o'ylab, ko'rganlaridan hayratda qolganini tan oldi.


“Men uning oilasiga qo'ng'iroq qilganimda, ular Rayan hozirda band ekanligiga ishontirishdi. Keyin men uni shu erda ko'ryapman… 7 haftadan keyin u farzandli bo'ladi. Bu qanday jirkanchli”, - dedi Selina. Malu Trevexo ham bokschining Selina bilan munosabatalridan xabardor emasligini aytdi:

“U qizalog'i borligini yashirmadi, lekin unashtiruv to'g'risida hech narsa demadi. Bundan ham ko'proq, men uning yaqinda yana farzandli bo'lishini bilmas edim. Ammo menimcha, u hali hamon yaxshi yigit”.


Rayanning 2 yoshli qizalog'i bor. Ismi Rayli. Ko'pchilik uning onasi kim ekanligini bilmaydi. Garsiya Andreadan avval Katerina Gemes ismli qiz bilan uchrashib yurgan. Raylining onasi Katerina. Hozir u bilan uchrashmaydi. Bokschining qizlardan boshqa sevimlilari ham bor. Masalan: Italyan taomlari.



Italiya energiyasi

Professional bokschilar odatda mashg'ulotlarda o'zlariga nisbatan shafqatsiz bo'lishadi. Bo'lajak jang uchun vazn tashlaganidan so'ng, u albatta oilasi bilan "alfredo fettussine" makaronlaridan tannovvul qiladi.

“Italiya taomlari - bu mening sevimli taomlarim. Bu menga energiya beradi”,- deydi super yulduz.

Meksika merosi va italyan oshxonasi energiyasi bilan Amerikada ulg'aygan Rayan Garciya haqiqatan ham yangi davr boksining qirolidir.                                              

Sarvinoz RAXMONQULOVA tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing