27 jan 19:01
Yangiliklar

Sen-Per Makgregorga maslahat berdi
Kanadalik sportchi voqealarning bunday rivojlanishini kutmaganini takidladi. SHu bilan birga Konorga maslahat berdi.
"Men Konor g'alaba qozonadi deb o'ylagan edim, ammo xato qilgan ekanman. Men bunday natijadan hayratlandim. O'ylashimcha, Konorning eng kuchli tomoni, bu - raqiblariga muntazam bosim o'tkazishi. Endi Konor o'zini qanday tutishi judayam qiziq. Men bu mag'lubiyatdan so'ng uning qaytishiga ishonaman.
Konor "qayta tug'ilishi" kerak. U yoki mashg'ulotlarda, yoki hayot tarzida nimanidir o'zgartirishi kerak. Gap aynan shundami yo'qmi, bunisi muhim emas. Men ham Mettu Serraga mag'lub bo'lganimda hamma gap mashg'ulotlarimdagi kamchiliklarda ekanligiga o'zimni ishontirganman. Balki, gap boshqa joyda bo'lgandir. Lekin, men mashq qilishda davom etganman va o'zimga bo'lgan ishonchni aynan shu yo'l bilan tiklaganman. Konor ham o'z fikricha nimani noto'g'ri qilganini aniqlab olishi kerak", - dedi Jorj Sen-Per.
Fikrlar