01 iyu 08:25
Yangiliklar
Futbol
"Sevilya" barcha o'yinchilarini sotishga tayyor. Klub qarzlaridan qutilishi shart
Ispaniyaning "Sevilya" klubi barcha futbolchilarini transferga qo'ydi.
Marca nashrining xabar berishicha, klubda 90 mln evro qarz bor va bu pullar tez orada qaytarilishi kerak. Buning uchun esa klub juda ko'p transferlarni amalga oshirishi kerak.
Aynan shu sababdan jamoa sport direktori Monchi o'z lavozimini tark etgan va "Aston Villa" prezidentiga aylangan. U jamoaning ko'pgina azolarini sotishni istamagan.
Malumot uchun, "Sevilya" ortda qolgan mavsumda Evropa ligasida zafar quchdi va keyingi mavsum uchun ECHL yo'llanmasini naqd qildi. Klub La Ligada 11-o'rinni egalladi.
Havola :
Fikrlar