29 okt 17:03
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahobiddin Zoirov g'alabadan so'ng: Hamma narsaning qiyinchiligi bor
Biroz avval -52 kg vaznli bokschimiz SHahobiddin Zoirov mezbonlar vakili Tamir Galanov ustidan g'alaba qozondi.
CHiroyli g'alabadan so'ng Zoirov jang haqidagi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Ilk jangdanoq mezbon bokschiga qarshi jang qilish biroz qiyin. Albatta, har bir narsani o'z qiyinchiligi bor. Lekin o'zimni qo'lga olib, murabbiylarimiz bergan ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishga intildim va g'alabaga erishdim. Murabbiylar raundlar oralig'ida hisobni aytib turishdi va shunga qaramay yaxshiroq jang ko'rsatishga undashdi. 3 raundda biroz ortga qaytib ishlashga harakat qildim», - dedi SHahobiddin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar