31 okt 17:16
Yangiliklar
Boks/MMA, Kikboksing
SHahobiddin Zoirov jahon chempionatidagi ikkinchi jangini o'tkazdi
Belgradda boks bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Vakillarimizning bugungi ishtirokini -54 kg vazn toifasidagi bokschimiz SHahobiddin Zoirov boshlab berdi. Yaponiyalik Tomoya Cuboiga qarshi ringga ko'tarilgan Zoirov ikkinchi jangida afsuski 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Hakamlar qaroriga ko'ra u ikki raundni o'z foydasiga hal qilgandi, ammo yakunda hakamlar g'alabani yaponiyalik bokschiga olib berishdi. Olimpiada va jahon chempionimiz shu bilan chempionatdagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar