16 jan 18:25
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahobiddin Zoirovning Olimpiada finalidagi raqibi faoliyatidagi so'nggi jangini o'tkazadi
Rossiyalik bokschi Misha Aloyanning jangi haqida malumot berildi.
"Biz 20 fevral kuni Moskvada boks oqshomi tashkil etamiz. Unda Aloyan ham jang qiladi. Ushbu oqshomda Mixail professional faoliyatidagi so'nggi jangini o'tkazadi. Bahsda Aloyanga kolumbiyalik bokschi raqib bo'ladi.
Ishonamanki, yaxshi va keskin jang bo'ladi", - dedi Aloyanning jamoasi vakili.
Eslatib o'tamiz, Aloyan London Olimpiadasi bronza medali sohibi. Rio Olimpiadasi finalida SHahobiddin Zoirovga qarshi jang qilib, hamyurtimizga imkoniyatni boy bergan. Keyinchalik esa doping bilan bog'liq masalalar sababli Rio Olimpiadasining kumush medalidan mahrum qilingan.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar