25 okt 18:49
Yangiliklar
Dzyudo
SHahram Ahadov Abu-Dabi "Katta Dubulg'a" turniri chempioni!
BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo'yicha "Katta dubulg'a" turniri davom etmoqda.
Musobaqaning -73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan SHahram Ahadov final bahsida kosovalik Evropa chempioni, “Katta Dubulg'a” turniri g'olibi, Gran-Pri turniri g'olibi va sovrindori Akil Gjakova bilan kurash olib bordi va g'alabaga erishdi.
Bungacha Ahadov yarim finalda ozarbayjonlik raqibni mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar