21 dek 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram faoliyatini yakunlaganidan so'ng qaysi sohada ishlashini malum qildi
Bokschimiz SHahram G'iyosov Olamsport.com saytiga bergan intervyusida faoliyatini yakunlaganidan so'ng qaysi sohada ishlashini mumkinligini aytdi.
SHahram professional faoliyatini yakunlaganidan so'ng O'zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo'mitasida ishlash niyatida ekanligini malum qildi.
"Men allaqachon bu borada bir qarorga kelib ulgurganman. Bolaligimdan chegara hududlarida ishlashni orzu qilaman", - dedi G'iyosov.
Malumot uchun, SHahram G'iyosov O'zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo'mitasida katta serjant unvoniga ega va tez orada leytenant unvonini oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar