16 okt 10:31
Yangiliklar

SHahram G'iyosov 10 oydan so'ng Vatanga qaytdi + FOTO
CHarm qo'lqop ustamiz 10 oy davomida okean ortida bo'lib, bitta jangda ishtirok etdi. Aslida 1 fevral kuni Amerikaga jo'nab ketgan hamyurtimizning jangi aprel oyida o'tkazilishi lozim edi, lekin koronavirus sabab ushbu turnir bekor qilingandi.
SHundan so'ng ham uning raqibi o'zgardi va nihoyat 16 avgust tongida SHahram nikaragualik Uinston Kampos (31-7-6, 19 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. 10 raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Uchinchi raund so'nggida bokschimiz chap qo'lida o'zining kuchli zarbasi bilan raqibining qorin qismiga kuchli zarba yo'lladi va nokaut evaziga g'alaba qozondi.
SHu tariqa, SHahram o'zining WBA International kamarini himoya qilgandi. G'iyosovning professional ringda o'tkazgan janglari soni 10 taga etgan. U janglarining barchasini g'alaba bilan yakunlagan. Sakkizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Fikrlar