06 okt 07:26
Yangiliklar
SHahram G'iyosov afsonaviy Menni Pakyaoga qarshi jang o'tkazishga yaqin
U 14 noyabr kuni Toshkent shahridagi "Humo Arena" majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ishtirok etadi.
"Jangimiz to'satdan chiqib qoldi. Xudo xohlasa, 14 noyabr kuni hammani "Humo Arena"da kutamiz. Asosiy kardda o'zim bo'laman. Ringga eng oxirgi bo'lib chiqaman. Yani, asosiy jang mening ishtirokimda bo'lib o'tadi. Xudo xohlasa, juda chiroyli jang bo'lish kerak. Yaqin orada raqib ham elon qilinadi. To'satdan chiqdi, o'ylanmay rozi bo'ldim. Aks holda, yana AQSHga uchish kerak bo'lardi
Kelishuv bo'ldi, yanvar oyida Pakyao Romero bilan tushadi. Ushbu jang g'olibiga qarshi men ringga chiqaman", dedi G'iyosov Instagram sahifasida.
Avvalroq, 14 noyabr kuni Toshkentda Lift Promotions hamda Matchroom Boxing hamkorligida prof boks oqshomi o'tkazilishi haqida xabar bergandik.
Fikrlar