08 may 08:27
Yangiliklar
SHahram G'iyosov g'alabadan so'ng nimalar dedi?
Ushbu g'alaba orqali bokschimiz IBF North American kamarini qo'lga kiritdi.
Jangdan keyin SHahram o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Assalomu alaykum aziz vatandoshlar. Yangi O'zbekistonga yangi g'alabalar, yangi kamarlar, Alhamdulillah. Mana IBF kamariga ham ega bo'ldik. Bugun 10 raund jang qilib, IBF kamari sohibiga aylandik. Xudo xohlasa, yorug' yuz bilan vatanimizga kamarni olib qaytamiz. Xudo xohlasa kutib olinglar kamar, yaqinda O'zbekistonga boradi. Hammaga sog'lik- salomatlik tilayman. Duo qilib turganingiz uchun kattakon rahmat. Barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, shu jumladan, muhtaram prezidentimizga, Olimpiya qo'mitasiga, boks federaciyasiga, barcha-barchaga, ota-onamga rahmat. Onajon, yaqinda tug'ilgan kuningiz, kamarni ham olib boryapman sizga. Barchangizni yaxshi ko'raman!", - dedi SHahram jangdan so'ng.
Fikrlar