20 sen 19:30
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram G'iyosov ishtirokidagi jang O'zbekistonda to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi
Xabar berib o'tganimizdek, hamyurtimiz SHahram G'iyosov 22 sentyabr kuni "Uembli"da ringga ko'tariladi.
Ushbu jangda SHahramga nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qiladi. To'qnashuv "UzReport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilmoqda. Telekanal rasmiy saytining xabar berishicha, translyaciya Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi. Ilk to'qnashuv aynan hamyurtimiz ishtirokida bo'ladi. Kechaning asosiy jangida esa Entoni Joshua va Aleksandr Povetkin to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar