22 sen 22:29
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram G'iyosov "Uembli"da o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi
Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz SHahram G'iyosov Londondagi mashhur "Uembli" stadionida o'zining navbatdagi jangida ringga ko'tarildi.
Ushbu bahsda bokschimizga nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo'ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi. Hamyurtimiz to'rtinchi raundda ketma-ket zarbalar seriyasi evaziga raqibini muvozanatdan chiqardi. Hakam shu ondayoq nikaragualik bokschining nokautini qayd etdi.
Bu SHahram uchun prof ringdagi beshinchi jang edi. Bokschimizning g'alabalari soni ham beshtaga etdi. Ularning to'rttasini G'iyosov nokaut evaziga qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar