08 may 07:09
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram G'iyosovning meksikalik jiddiy raqibga qarshi jangi yakunlandi
Professional bokschimiz SHahram G'iyosov (12-0, 9 KO) Las-Vegasdagi "T-Mobile Arena"da ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda bokschimizga meksikalik Kristian Gomes (22-2-1, 20 KO) raqiblik qildi.
10 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Qayd etish lozimki, SHahram to'rtinchi, ettinchi va o'ninchi raundlarda raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi, jangda ham raqibiga nisbatan ustunlikka ega bo'ldi.
Yakunda hamyurtimiz ochkolar evaziga (99-88, 99-88, 98-89) g'alaba qozondi.
Ushbu g'alaba orqali SHahram IBF SHimoliy Amerika kamarini qo'lga kiritdi. Endi hamyurtimiz yarimo'rta vazn toifasida IBF reytingida yaxshigina yuqorilashga erishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar