07 okt 09:52
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosovning Toshkentda "rus Kanelosi" bilan jang qilishi aytildi. Bu bokschi so'nggi jangida boshqa bir hamyurtimizga mag'lub bo'lgan
14 noyabr kuni poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasida Lift Promotions va Matchroom Boxing hamkorlikda professional boks oqshomi o'tkazadi.
Musobaqaning markaziy jangida yarim o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi SHahram G'iyosov ishtirok etishi aytilgan.
Malum bo'lishicha, G'iyosov o'sha kuni rossiyalik 29 yoshli Mark Urvanov bilan bahs olib boradi. Bu haqda oktogonuz nashri xabar bermoqda.
Takidlash joiz, Wonderboy G'iyosov prof faoliyati davomida hozirgacha 17 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan. "Kanelo" taxallusiga ega Urvanovning hisobida esa 25 ta g'alaba, 4 ta mag'lubiyat va 2 ta durang bor. Mark iyul oyida o'tkazgan so'nggi jangida hamyurtimiz Xurshidbek Rasuljonovga imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : oktogonuz
Fikrlar