14 dek 17:57
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahzod Muzaffarov Oybek Jo'raevni mag'lub etgan holda - 54 kg vaznda O'zbekiston chempioniga aylandi!
Poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport arenasida boks bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston birinchiligining final janglari bo'lib o'tmoqda.
Bugun, musobaqaning so'nggi, oltinchi kuni doirasida Yoshlar o'rtasida Jahon chempioni, buxorolik charm qo'lqop ustasi SHahzod Muzaffarov - 54 kg vazn toifasida final jangida Toshkent viloyati vakili Oybek Jo'raevga qarshi ringga chiqdi. Mazkur jang to'liq 3 raund davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan SHahzod Muzaffarov g'alaba qozonib, O'zbekiston chempionati oltin medaliga ega chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar