So’nggi yangiliklar

07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0

29 iyu 09:21
Yangiliklar

Boks/MMA

SHara Bullet Nursulton Ro'ziboev o'rniga Peyj bilan jang qilishga tayyor

SHarabutdin Magomedov o'z faoliyatidagi yagona mag'lubiyatini Maykl Peyjga qarshi jangda qabul qilib olgan va u o'sha mag'lubiyat uchun revansh olishni orzu qilmoqda.

Agar britaniyalik jangchining raqibi Nursulton Ro'ziboev bilan biror narsa yuz bersa, rossiyalik jangchi o'zbekistonlik sportchining o'rnini egallashga tayyor.

"Menga Peyj bilan jang qilish qiziq. Agar Ro'ziboev kasal bo'lib qolsa yoki u bilan biror narsa yuz bersa, men uning o'rniga chiqishga tayyorman. Takror aytaman, menga Peyj bilan revansh qiziq. Agar Peyj Ro'ziboevni yutsa, u men bilan jang qilishni xohlamasligi mumkin. Agar yutqazsa – balki xohlar. Nursulton esa O'zbekiston yigiti. U bilan jang qilishni unchalik xohlamayman", – dedi SHara Bullet Namys Fighting kanaliga bergan intervyusida.

Maykl Peyj va Nursulton Ro'ziboev o'rtasida o'rta vazn toifasidagi jang 5 sentyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi. O'tgan yili Magomedovni hakamlar qarori bilan mag'lub etgan britaniyalik uchun bu jang tashkilot bilan tuzilgan amaldagi shartnomaning oxirgisi bo'ladi, shu sababli uning ligadagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

SHarabutdin Magomedov o'z mag'lubiyatidan so'ng ikki bor g'alaba qozondi: u Mark-Andre Barrio va Mishel Pereyra ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing