05 jan 19:39
Yangiliklar
SHarapova Makinro bilan o'ynagan Breyk-poynt serialinining premerasini elon qildi
«Katta Dubulg'a» turkumiga kiruvchi turnirlarning besh karra g'olibasi, rossiyalik tennischi Mariya SHarapova amerikalik afsonaviy Jon Makinro bilan birga suratga tushgan tennis haqidagi hujjatli serialning premerasi haqida malumot berdi.
«Tez orada... Va Jon Makinro bilan», - deb yozgan SHarapova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
«Breyk-poynt» premerasi 13 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Ulardan tashqari ushbu filmda Endi Roddik, Feliks Oje, Nik Kirgios, Kasper Ruud, Iga Svyontek, Arina Sobolenko, Stefanos Cicipas, Ons Jaber, Matteo Berrettini, Sloan Stivens, Mariya Sakkari, Paulo Badosa, Teylor Fric va Tanasi Kokinis ham suratga tushishgan.
Makinro tennis tarixida ham yakkalik, ham juftlik bo'yicha jahon reytingida birinchi o'rinni egallagan yagona tennischidir. U 77 ta yakkalik va 78 ta juftlik unvoniga ega.
Fikrlar