31 iyu 17:34
Yangiliklar
Dzyudo
SHarofiddin Boltaboev kechagi ishtirokidan so'ng bayonot bilan chiqdi
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi SHarofiddin Boltaboev (81 kg) kecha Parij Olimpiadasida ishtirok etib, ettinchi o'rinni egallagan edi.
"O'zimni oqlamoqchi emasman. Bo'ynimdagi churrak jarohati tufayli musobaqaga ikki hafta qolganida yotishga majbur bo'lib qoldim. Hamma mashg'ulotlarni o'tqazib yubordim, shifokorlarning yordami bilan bugun tatamiga chiqdim. Bu menga kelgan dard, men bu holga tushishni xohlamagandim. Hammasi shak-shubhasiz, Allohdan ekanligiga iymon keltirganman! Bilaman, ko'pchilik mendan xafa va jahli chiqqan, sababi menga ishonishgandi. Imkonim etmadi, to'g'ri tushinasizlar degan umiddaman. Men hechqachon kurashdan qo'rqmaganman va qochmaganman!", deb yozdi Boltaboev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar