24 may 09:05
Yangiliklar
Boks/MMA
SHartnomaning “dodasi”. ESPN UFCga $1,5 milliard to'laydi
Aralash qoidalar bo'yicha UFC kompaniyasi televizion translyaciya huquqini dunyoga mashhur ESPN telekanaliga sotdi.
Kelishuv 5 yilga mo'ljallangan bo'lib, telekanal UFC tomonidan o'tkaziladigan barcha janglarni eksklyuziv tarzda translyaciya qilish huquqini qo'lga kiritdi. Buning uchun ESPN UFC tashkilotiga 1.5 milliard dollar o'tkazib beradi.
SHartnoma 2019 yilning yanvar oyidan kuchga kiradi. UFC yiliga 30ta shou o'tkazib berishi shart. UFCning avvalgi hamkori Fox Sports bilan kelishuv shu yilning 31 dekabr kuni yakunlanadi.
Malumot uchun, UFC va Fox Sports o'rtasidagi shartnoma 2011 yilda 7 yil muddatga imzolangandi. Buning uchun telekanal yiliga 90-100 million dollar to'lab kelayotgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar