So’nggi yangiliklar

15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0

13 apr 18:53
Yangiliklar

Suv sporti turlari

SHavkat Mirziyoev Guliston shahridagi suv sporti majmuasini borib ko'rdi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
SHavkat Mirziyoev Guliston shahridagi suv sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar maktabida qurilgan yopiq suzish havzasini borib ko'rdi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 martdagi «O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi to'g'risidigi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq, viloyatda suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi tashkil etildi.

Sport maskanidagi suzish va suvga sakrash mashqlari uchun 25x11 hamda 6x12,5 o'lchamdagi suzish havzalari, balandlikdan suvga sakrash sport turi uchun alohida zal qurilgan bo'lib, bu hovuzning hajmi 12x10 metr va yosh sportchilar suvga sakrashi uchun ularga moslab 1,3 va 5 metr balandlikda tramplinlar o'rnatilgan. Bu erda ham tomoshabinlar uchun 250 o'rindiq o'rnatilgan. Bir kunda 250 kishini qabul qiladigan majmua barcha jihozlar bilan taminlangan bo'lib, tibbiyot xonalari, trenajyor, oshxona va boshqa xonalarda sportchilar muntazam shug'ullanishi mumkin. Bundan tashqari, suvni tozalash, isitish uskunalari ham o'rnatilgan.

Ayni paytda bu erda suzish bo'yicha tashkil etilgan 15 o'quv-mashg'ulot guruhiga 176 yosh jalb qilingan.

Prezident yopiq suzish havzasining havo aylanish tizimini yaxshilash, shug'ullanuvchilar erkin harakat qilishi uchun sharoit yaratish bo'yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing