So’nggi yangiliklar

15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0

17 noy 17:56
Yangiliklar

Suv sporti turlari

SHavkat Mirziyoev Toshkentning xar bir tumanida 10tadan suzish havzasi qurish kerakligini aytdi

Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev Toshkent shahri Sergeli tumani 6-A massividagi suzish havzasini ham borib ko'rdi.

Bu haqida UzA xabar bermoqda.

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, bolalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ularning barkamol insonlar bo'lib voyaga etishini taminlash, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirishga alohida etibor qaratilmoqda.

Suzish havzasining uzunligi 25 metr, eni 11 metr. Kuniga 150-200 kishini qabul qiladi. 3 milliard so'mdan ortiq mablag' evaziga barpo etilgan inshootda yoshlarning suzish texnikasini o'rganishi va mahoratini oshirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Tibbiyot xodimlari va murabbiylar uchun xonalar mavjud. Suvni tozalash, isitish tizimlari, xona haroratining mo'tadilligini saqlash uskunalari suv havzasining ko'p yillar davomida yosh avlodga xizmat qilishini taminlaydi.

Yurtimiz iqlim sharoitiga, yoz va qish fasliga moslab Toshkent shahrining har bir tumanida 10 tadan zamonaviy suzish havzasi qurish kerak, ularni barpo etishda sifatli qurilish materiallaridan foydalanish lozim, dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz sportning ushbu turi bilan shug'ullanishga bolalarni yanada kengroq jalb qilish, suzish texnikasini o'rgatadigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo'yicha topshiriqlar berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing