30 dek 11:12
Yangiliklar
Boks/MMA
SHavkat Rahmonov bekor bo'lgan jangi haqida gapirdi
14 yanvar kuni Qozog'iston vakili SHavkat Rahmonov Jeff Nilga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi.
Ammo jangga ikki hafta qolganida AQSH vakili jarohat oldi va jangdan voz kechdi. Jangi bekor bo'lgan SHavkat Rahmonov bunga o'z munosabatini bildirdi.
"Ko'rinishidan, Jeffning barcha gaplari yolg'on bo'lib chiqdi", - deya fikr bildirgan Rahmonov.
Avvalroq, UFC qozog'istonlik jangchiga raqib topishga urinib ko'rishini malum qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar