07 mar 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA
SHavkat Rahmonov: "Navbatdagi bekat - titul jangi!"
UFC`ning o'rta engil vaznidagi qozog'istonlik jangchisi SHavkat Rahmonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yangi post joyladi.
Unda u titul jangini o'tkazishga tayyorlanayotganini malum qilgan: "Navbatdagi bekat - titul jangi!", - deb yozgan Rahmonov.
Bizning vaqt bilan 5 mart kuni bo'lib o'tgan UFC 285 turnirida Rahmonov AQSH vakili Jeff Nilga qarshi bahs olib borgan va raqibini uchinchi raundda mag'lub etishga erishgandi.
Qozog'istonlik 28 yoshli yakkakurash ustasi MMAda 17 ta jang o'tkazib, barchasida muddatidan avval g'alaba qozongan. Dana Uayt promoushenidagi janglarda uning rekordi 5-0ga teng. U 2020 yildan buyon UFC oktagonida ishtirok etib kelmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar