20 dek 18:24
Yangiliklar
Boks/MMA
SHavkat Rahmonov Stiven Tompson bilan jang orqali faoliyatidagi eng yirik gonorarni ishlab oldi
Qozog'istonlik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov UFC 296 turniri doirasida amerikalik Stiven Tompson ustidan qozongan g'alabasi uchun qancha gonorar olgani malum bo'ldi.
"SHavkat Rahmonov Stiven Tompsonni bo'g'ish usuli orqali mag'lub qildi, u UFC'dagi qatorasiga oltinchi jangini muddatidan avval g'alaba bilan yakunladi va kamar uchun jang qilmoqchi ekanligini aytdi. Qozog'istonlik sportchining navbatdagi jangi chempionlik jangi bo'lishiga shubha qilamiz. MMA Salaries nashri malumotlariga ko'ra, Tompson ustidan ishonchli g'alaba qozongani uchun Rahmonov faoliyatidagi eng katta gonorarni olgan - 306 ming dollar (150 ming - jang uchun, 150 ming - g'alaba uchun, 6 ming - homiylik bonuslari).
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar