So’nggi yangiliklar

19:30Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 19:09Президент шахматчиларимизни тақдирлаб, Янги Тошкентда 500 ўринли шахмат саройи қуришни таклиф қилди 0 18:44Буюк Британия парламенти аъзоси "Манчестер Сити"ни АПЛдан четлатишга чақирди 0 18:15Осиё ўйинларининг ўнинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:48Осиё ўйинларининг ўнинчи кунини 3 та медаль билан якунладик: уларнинг 2 таси олтин! 0 17:18Таэквондочиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:43"Манчестер Сити" АПЛ томонидан қўйилган айбловларга жавоб қайтариш ниятида 0 16:09Осиё ўйинлари: эртага тўрт нафар боксчимиз ярим финалда жанг қилади 0 15:16Осиё ўйинларига бормаган боксчиларимиз Хитойдаги турнирда қатнашишди 0 14:35Осиё ўйинларининг дзюдо беллашувларига қуръа ташланди. Ҳамюртларимизнинг илк рақиблари маълум 0 12:13Диёра Келдиёрова узоқ танаффусдан кейин татамига қайтмоқда! 0 10:00Акбар Жўраев жаҳон рекордини янгилаб, Осиё ўйинлари чемпионига айланди 0 09:11Ямаль Мессини Марадона ва Пеледан яхшироқ деб ўйлайди 0 22:34Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси ғолиблари Президент томонидан тақдирланди 0 20:42Ўзбекистон Осиё ўйинларида энг кўп боксчи билан ярим финалга йўл олди 0

22 noy 16:20
Yangiliklar

SHaxmat, Paralimpiya

SHaxmat va parashaxmat bo'yicha “hokim kubogi”

Teglar :  SHaxmatPara shaxmat
Mazkur musobaqa dastlab 4 bosqichda tashkil etilib, mahalla, sektor, tuman(shahar), viloyat bosqichlari joriy yilning 13 -20 noyabr kunlari o'tkazildi.

Parashaxmatchilar esa viloyat bosqichida to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etdi. Musobaqa qatnashchilari 4 guruhga, yani "Havaskor qizlar", "Havaskor erkaklar", "Professional  qizlar", "Professional erkaklar" guruhlariga bo'lindi.

Final bahslari viloyat Yoshlar markazida tashkil etildi. Unda etti yoshdan etmish yoshgacha 11 ta tuman (shahar)da g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazdi. 

"Havaskor qizlar" o'rtasida o'tkazilgan musobaqada Iroda Jumaeva, "Havaskor bolalar" o'rtasida Bilolxo'ja Hasanov, "Professional qizlar" o'rtasida Sarvinoz Orziqulova, "Professional  bolalar" o'rtasida Bekzod Solijonov, parabolalar o'rtasida o'tkazilgan musobaqada Murod Isoqov, paraqizlar o'rtasida esa Gulchehra Xolmo'minova g'olib bo'ldi.

– Ushbu musobaqada 1-o'rinni qo'lga kiritdim, – deydi Bekzod Solijonov. – SHaxmatning yoshlarga foydasi katta. Xotirani mustahkamlaydi hamda kishini fikrlash va oqilona qaror qabul qilishga o'rgatadi. Yoshlar hamda hayotiy tajribaga ega insonlarni bir joyga jamlab, bu kabi ezgu tashabbuslarni ommalashtirayotgani uchun musobaqa tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman.

– Eng muhimi, sportning shaxmat va parashaxmat turi bo'yicha Guliston shahrida o'tkazilgan musobaqa shaxmat sportini hududlarda yanada takomillashtirish hamda 2026 yilda O'zbekistonda bo'lib o'tishi rejalashtirilayotgan shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo'lib, zarur bilim va tajribani boyitishga xizmat qiladi, – deydi viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i Azizbek Turdimurodov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing