16 dek 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA
SHlemenko nima sababdan "Olg'a, ruslar!" deb baqirganini tushuntirdi
Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr SHlemenko serbiyalik Aleksandr Ilich ustidan qozongan g'alabasidagi asosiy omil haqida gapirdi.
"Nima sababdan "Olg'a, ruslar!" deb baqirdim? Ruslarning tribunasi paydo bo'ldi. Bilaman, yigitlar bu erga kelmagandi, ular Moskvada bo'lib turib, menga videoyozuvlar jo'natishdi. SHu sababli baqirmay olmsdim.
Yana aytaveraman. Olg'a, ruslar! Olg'a, ruslar! Olg'a, ruslar! Yigitlar, sizlar eng zo'risizlar. Ularning paydo bo'lishi menga katta kuch bag'ishladi", - dedi SHlemenko.
Bu SHlemenko va Ilich o'rtasidagi ikkinchi jang edi. O'n olti oy oldin o'tkzilgan ilk jangda serbiyalik raqibini nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar