03 jan 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohasan Mirzamatov bo'lajak raqibi haqida: "U o'z baxtini kurashdan izlaydi"
Yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi SHohasan Mirzamatov (11-3-0) bo'lajak raqibi, qozog'istonlik Georgiy Kichigin (29-10-0) haqida fikr bildirdi.
Ular o'rtasidagi jang 19 yanvar kuni Octagon 54 turniri doirasida o'tkaziladi.
"U shunchaki kurashchi ekanini hamma biladi. U o'z baxtini kurashdan izlaydi. Agar u tik turgan holda jang qilmoqchi bo'lsa, aniq uchinchi raundgacha etib bormaydi", - dedi Mirzamatov.
Malumot o'rnida, SHohasan Mirzamatov va Georgiy Kichigin jangi yarim o'rta vazn toifasida Octagon ligasining chempionlik kamari uchun bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar