21 may 08:22
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohasan Mirzamatov muhim yangilikni elon qildi
Yarimo'rta vazn toifasida O'zbekistonning taniqli MMA jangchisi SHohasan Mirzamatov Instagram sahifasiga yangi post joyladi.
U 11 may kuni Toshkentda bo'lib o'tgan Octagon 72 turniri doirasida Qirg'iziston vakili Abilkassim Yakubov bilan jang qilib, muddatidan oldin g'alabaga erishgandi. SHohasan ushbu g'alabasida uni qo'llab-quvvatlar turgan muxlislarga minnatdorlik bildirish barobarida etiborga molik yangilikni ham elon qildi.
"6 iyul kuni O'zbekistonda chempionlik kamari uchun jang qilaman. Barcha qo'llab-quvvatlab turganlarga katta rahmat", deb yozgan sportchi.
Malumot o'rnida, 6 iyul kungi Octagon turniri Samarqand shahrida o'tkazilishi kutilmoqda. Yarimo'rta vazn toifasida Octagon League chempionlik kamari qozog'istonlik Georgiy Kichiginga tegishli hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar