02 noy 08:47
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohasan Mirzamatov qozog'istonlik raqibiga "vyzov" tashladi, u Octagon ligadan chempionlik jangi so'rayapti
Yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi SHohasan Mirzamatov ushbu vaznda Octagon ligasi chempioni, qozog'istonlik Georgiy Kichiginni jangga chorladi.
"Men allaqachon chempionlik jangiga tayyorman. Kichigin ko'p gapirdi, lekin g'alabamdan keyin jim bo'lib qoldi. Biz jangda qaysi birimiz qo'rqoq ekanligimizni bilib olishimiz kerak. Men seni nima qilishimni bilasan va shuning uchun ham shoshilma. CHempionlik kamarimni O'zbekistonga olib borishni intiqlik bilan kutyapman. Faqat qochma!", - dedi SHohasan Kichinga murojaat qilar ekan.
Eslatib o'tamiz, SHohasan Mirzamatov 21 oktyabr kuni Olma-Ota shahrida (Qozog'iston) tashkil etilgan Octagon 51 turnirida braziliyalik Nilson Gomes bilan jang qilib, muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar