28 jan 11:01
Yangiliklar

SHohasan Mirzamatovga vyzov tashlashdi
Dog'istonlik aralash yakkakurash jangchisi Magomed Magomedov (7-0) SHohasan Mirzamatov(9-1)ni jangga chaqirdi.
«Octagonleague, men sizning oldingizga eng yaxshi jangchilar bilan kurashish uchun keldim! O'zbekistonda turnir o'tkazishni rejalashtirayotganingizdan xabarim bor, SHohasan esa kamarga davogar. Men mag'lubiyatsiz ketyapman va uning vatanida ligada chempionlik kamari uchun jang qilishga tayyorman. Bu erda hech qanday shaxsiy narsa yo'q, faqat eng yaxshilar bilan kurashish va jangchi sifatida o'sish istagi bor. Faoliyatimda yana bir kamar qo'lga kiritmoqchiman. SHohasan, jang qil! Kel, tomoshabinlarga shou taqdim qilaylik», - deb yozdi Magomedov Instagramda.
Eslatib o'tamiz, "Octagonleague" hamda U1 19 fevral kuni Toshkentda turnir o'tkazadi.
Fikrlar