29 noy 16:26
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohasan Mirzamatovning raqibi o'zgardi. U so'nggi bor ikki yarim yil avval g'alaba qozongan
Xabaringiz bor, 5 dekabr kuni Andijon shahrida "Muradov Professional League"ning ikkinchi turniri bo'lib o'tadi.
Uning markaziy jangida hamyurtimiz SHohasan Mirzamatov (7-1) argentinalik Roberto Pastuchga (9-5) qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi. Biroq Pastuch jarohat olgani sababli uning o'rniga braziliyalik Tiago Oliyveyra raqiblik qiladi.
U faoliyati davomida 23 ta jang o'tkazib, 16 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat bor. U so'nggi uchta jangida mag'lub bo'lgan. So'nggi bor 2019 yilning iyul oyida Geraldo Ferrorin mag'lub etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar