07 jan 14:49
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohasanning raqibi: "Men istalgan uslubda jang qilish imkoniga egaman"
Yarimo'rta vazn toifasida Octagon kamari sohibi Georgiy Kichigin hamyurtimiz SHohasan Mirzamatovga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
"Meni bo'yim ancha baland va shu sababdam ham raqiblarim menga zarba yo'llashga qiynaladi. SHuningdek, men parterda ham yaxshi harakat qilaman. Raqiblarimni bir necha bor bo'g'ib qo'yganman. Bundan tashqari qo'l va oyoq zarbalarim ham ancha kuchli. Men istalgan uslubda jang qilish imkoniga egaman", - dedi Kichigin.
Eslatib o'tamiz, ushbu chempionlik jangi 19 yanvar kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi "Baluan-SHolak" arenada tashkil etilayotgan Octagon 54 turniri doirasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : octagon
Fikrlar