15 noy 10:31
Yangiliklar
SHohjahon Ergashev: "25 noyabr kuni tarixga kiraman!"
"Jahon chempionlik kamariga jang qilish imkoniyatini qo'lga kiritish uchun uzoq yo'q yurdim. 25 noyabr kuni bu sayohatni behuda emasligini ko'rsataman. Murabbiylarim SHugar Xill Styuard va Teo CHembers yordamida tarixga kiraman va O'zbekiston jahon chempioniga ega bo'ladi", - dedi Ergashev.
31 yoshli Ergashev so'nggi bor 2022 yilning avgustida Anxel Martines Ernandesga qarshi ringga chiqqan edi. Ushbu jangda SHohjaxon texnik nokaut bilan g'alaba qozongandi. Bokschimiz hisobida 23 g'alaba (20 tasi nokaut) bor.
31 yoshli Matias esa shu yilning fevral oyida Xeremias Ponsega qarshi jang qilgan. Ushbu qarama-qarshilikda Sabriel muddatidan avval g'alaba qozonib, IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritgan. Uning hisobida 19 g'alaba (barchasi nokaut bilan) va bitta mag'lubiyat bor.
Fikrlar