19 iyu 15:54
Yangiliklar
SHohjahon Ergashev faoliyatidagi eng katta xatosini aytdi
CHarm qo'lqop ustamiz Rossiyaning Salita Promotions kompaniyasi bilan kelishuvini faoliyatidagi katta xato deb atagan.
"Boshida Salita promouterlik kompaniyasi bilan noto'g'ri shartnoma tuzib qo'yganman. Aldashmagan, menda shunchaki boshqa tanlov bo'lmagan. Faqat shulardan shartnoma tushgan. CHunki menda faqat AQSHga borib olish maqsadi bor edi. Amerikaga borib olsam, hammasi yaxshi bo'lib ketadi deb o'ylaganman.
Aslida, ozgina kutishim, Rossiyada yana bitta yoki ikkita jang o'tkazishim, keyin shartnoma tuzishim kerak edi. SHartnomamda katta summalar yozilmagan edi-da. Dunyo reytingida kuchli o'ntalikka kirganimdan keyin to'rt yoki besh yil yurdim, lekin ular menga chempionlik jangi tashkil qilib bera olishmadi. Men o'shanda yaxshi formada va yosh edim. CHo'qqiga chiqqan paytim titul jangi qilib berishmadi", dedi Ergashev Olamsport.com muxbiri Mohichehra Sobirova bilan intervyuda.
To'liq intervyuni tomosha qiling:
Fikrlar