23 may 12:15
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev keyingi jangini Turkiyada o'tkazishi mumkin
Prof boksning super engil vaznida IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashev keyingi jangini IBA musobaqalaridan birida o'tkazishi mumkin.
"Ancha yaxshi formaga kirib oldim. Umar Kremlyov boshchiligidagi IBA'dan menga iyul oyi uchun jang taklif qilishdi. Nima deysizlar, qabul qilsammikan? Jang Istanbulda bo'ladi", deb yozgan Ergashev.
33 yoshli SHohjahon prof faoliyati davomida hozirga qadar 27 ta jang o'tkazib, 25 g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Hamyurtimiz so'nggi jangini joriy yilning 15 fevral kuni Farg'onada ugandalik Junju Pauerga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq nokaut evaziga g'alaba qozongandi.
Havola :
Fikrlar