14 may 17:44
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini qachon o'tkazishi haqida gapirdi
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan bokschimiz SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini qachon o'tkazishi haqida gapirib o'tdi.
"Promouter, menejerlarim bilan birgalikda navbatdagi jangimni avgust oyi boshiga rejalashtiryapmiz. Bu chempionlik jangi bo'lishi ham mumkin. Avgust oyi boshida, so'ngra yil oxirida ringga chiqmoqchiman. Hozirgi rejalarim shulardan iborat", - deya bokschining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar