14 may 19:00
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev O'zbekistonda jang qilishi mumkin
WBA International kamari sohibi SHohjahon Ergashev kelajakda O'zbekistonda ham jang qilishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Albatta, o'z janglarimdan birini O'zbekistonda o'tkazishni istayman. Vatandoshlarim ko'z o'ngida jang qilib, ularning qo'llab-quvvatlashi ostida ringga chiqishimni xohlayman. Buning uchun imkoniyat bor. Bugungi kundagi eng asosiy maqsadim jahon chempionligi kamarini qo'lga kiritishdir. Bu yo'lda kerak bo'lsa uyqudan voz kechib, tinimsiz mashg'ulot o'tkazyapman. Nasib qilsa, jahon chempionligi kamari meniki bo'ladi", - dedi SHohjahon MOQ rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar